Kompaniya haqida
Bizning kompaniya 2002 yil tashkil topgan, o’tgan 21 yildan ortiq vaqt mobaynida
O‘zbekiston bozoridamiz. Kompaniya o‘tgan yillar
mobaynidagi faoliyati davomida development (qurilish-ishlab chiqarish) sohasida
misli ko‘rilmagan darajadagi boy tajribaga ega bo‘ldi, bu esa kompaniyamizga
ko‘chmas mulk bozorida yetakchi o‘rinlardan birini egallash imkonini berdi.
Bugungi kunga kelib, kompaniya
komfort klassga mansub turar-joy majmualari, biznes va premium-klass
loyihalari, shuningdek tijoriy (savdo) ko‘chmas mulk – qurilishga doir
barcha bozor segmentlarida developmentning butun siklini amalga oshirib
kelmoqda. Bizning kompaniya — O‘zbekistondagi barcha qurilish sohalarida
faol ish olib boruvchi kompaniya. Faoliyatining asosiy yo‘nalishi ko‘p xonadonli
uylarni qurish, qayta ta’mirlash, obodonlashtirish va shunga mos ijtimoiy infra tuzilmani o‘z ichiga oluvchi uy-joy
loyihalarini rivojlantirishdan iborat. Turar-joy majmualari individual me‘moriy
konsepsiya bo‘yicha quriladi va turlicha daromadga ega keng auditoriya uchun mo‘ljallanadi.
Biz ishlab chiqaruvchilar
sifatida binoni barpo etish jarayonining barcha bosqichlarida qatnashamiz:
ob‘ektni loyihalashtirish, eski binolarni sotib olish, kelgusida ularni buzish va
yangilarini qurish, sifatni nazorat qilish, sotish, xar-xil turdagi mebel maxsulotlarini
ishlab chiqarish, bruschatka maxsulotlarini
ishlab chiqarish, plastik va alyumin profillardan xar-xil turdagi oyna eshik vitrajlarni
ishlab chiqarish, temir-beton maxsulotlari ishlab chiqarish, peno plast maxsulotlari ishlab chiqarish,
metal eshik darvoza panjara maxsulotlari ishlab chiqarish.
Bunday loyihalar boshqaruvi menejmentga taalluqli
bo‘lib, bu kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi insonlar ko‘chmas mulk bozorini
juda yaxshi bilishlari va unga diqqatlarini jalb qilgan bo‘lishlari lozim. Sababi faoliyatning buturida yuqori daraja va sifatga
erishish uchun muayyan bilim, malaka va tajriba talab etiladi. Muddatlar, xarajat va bajarilgan ish sifatining eng maqbul
mutanosibligiga erishish developerning birinchi darajali vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Quruvchilikka bo‘lgan mehr va ishtiyoq orqali birlashgan o‘z ishining yosh va g‘ayratli
ustalardan iborat yangi menejment jamoasini
shakllantirib, biz bundan keyin
ham bozor talablariga javob beruvchi yangi loyihalarni faxr bilan rivojlantirib
borish uchun qat‘iyatga to‘ldik.
Biz o‘zimizni Vatanimizning
jonkuyar farzandlari deb bilamiz va uning
ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘ldan kelganicha qo‘shishga harakat qilib yashaymiz!
Sayat Kurilish, nafaqat mintaqada balki O‘zbekiston
ko‘chmas mulk bozorida o‘zining nufuzli mavqeini saqlab qolishga, balki asosiy
novator bo‘lishga ham intiladi.Biz hamisha faqat olg‘a qaraymiz, faqat oldinga
– istiqbolga intilamiz, takomillashamiz va shubxasiz rivojlanamiz. Va, shu
orqali turar-joy va tijoriy (savdo) ko‘chmas mulk bozorida sifatli takliflar
sonini yanada ko‘paytiramiz.